Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishini ko‘chirish (tiklash) istagini bildirganlar uchun muhim e’lon!

O‘qishini ko‘chirish (tiklash) istagini bildirganlar uchun muhim e’lon!

Foto: Xabar.uz

2020/2021-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra RAD ETILDI.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, rad etilgan arizalarni kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning SO‘NGGI MUDDATI 2020-yil 25-avgust kuni soat 23:59.

Ushbu muddatdan so‘ng kamchiliklarni bartaraf etishga (arizani tahrirlashga) yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KO‘RIB ChIQILMAYDI.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Shu bilan birga, 2020-yilning bahorgi semestrida qo‘shni davlatlardan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishi ko‘chirilishiga ruxsat etilgan ammo belgilangan tartibda buyruq asosida talabalikka qabul qilinmagan talabalar o‘qishini qayta ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra qayta tahrirlash uchun qaytarildi:

  • pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);
  • OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;
  • o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;
  • mavjud bo‘lmagan OTM yoki ta’lim shakli yoki ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring