Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik talabalar uchun muhim ma’lumotni e’lon qildi

Vazirlik talabalar uchun muhim ma’lumotni e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi. 

Ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda Respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021-2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1 marti etib belgilandi, deyiladi xabarda.

 Ushbu muddat quyidagilar:

- to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

- to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring