Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yana bir stipendiya joriy etildi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yana bir stipendiya joriy etildi

Foto: «O‘zbekgidroenergo»

Gidroenergetika sohasining mutaxassislarga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash, xususan, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida, «O‘zbekgidroenergo»  aksiyadorlik jamiyati stipendiyasi joriy etildi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida mazkur stipendiyalarni o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda talablarga jamiyatning maxsus guvohnomasi va plastik kartochkalari berildi.

Mazkur stipendiyani ilk bor institutning jami besh nafar, (2 nafar magistr, 3 nafar bakalavr) talabasi qo‘lga kiritdi. Stipendiyalar miqdori eng kam ish haqining olti barobari — 1 216 380 so‘mni tashkil etadi. Mazkur stipendiya talabaning institut tomonidan oladigan stipendiyasidan tashqari, bir yil davomida berib boriladi.

Stipendiyaga taqdim etilgan nomzodlar institut ilmiy kengashi tavsiyasi va jamiyat tomonidan tuzilgan komissiyaning belgilangan talablari asosida aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring