Oliy o‘quv yurtlari uchun davlat grantlari soni oshiriladi
O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish va o‘qish tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ya’ni 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasiga asoslanib Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyungacha oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida bal to‘plagan abituriyetlar to‘g‘risida ochiq ma’lumotlarni taqdim etadigan yagona elektron registrni shakllantiradi.
Budjet joylari ko‘proq bo‘ladi
Oliy o‘quv yurtlari uchun davlat grantlari sonini 25 foizga va ehtiyojmand oilalar qizlari uchun davlat grantlari sonini 2 baravarga oshirish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash uchun xususiy oliy o‘quv yurtlariga davlat grantlarini ajratish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Prezident granti
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida maksimal ball to‘plagan 200 nafar yoshlarga O‘zbekiston Prezidentining granti joriy etiladi.
Ilmiy darajalar
2021-yil 1-sentyabrdan nufuzli bazaviy oliy o‘quv yurtlarining ilmiy kengashlariga ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarni berish vakolatlarini bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan.
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga uch oy muddatda ilmiy darajaga ega kadrlar tayyorlash va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Prezident qarori loyihasini kiritish topshirildi.
Chet elda o‘qish
2021-yil 1-apreldan boshlab respublikada talab qilinadigan kasblar uchun nufuzli xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda iqtidorli mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini tubdan oshirish maqsadida: «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy universitetlarning magistratura va doktoranturalariga o‘qishga yuborilgan yoshlar sonini 5 baravar ko‘paytirish;
Ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan chet elda bakalavriat dasturlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish va 2021-yilda 100 nafar yoshlarning chet elda ta’lim olish uchun yo‘nalishini ta’minlash;
Jamg‘armaning ta’lim dasturlariga muvofiq respublikada ish va yashash joyidan qat’i nazar, nomzodlarni saralashni O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun doimiy ravishda olib borish amaliyotini joriy etish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter