Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik darajaci tasdiqlanadi (foto)

Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik darajaci tasdiqlanadi (foto)

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati hamda milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik darajaci tasdiqlanadi. Bu boradagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatda, ingliz tili bo‘yicha 12 ta, fransuz tili bo‘yicha 3 ta, nemis tili bo‘yicha 4 ta, ispan tili bo‘yicha 2 ta, italyan tili bo‘yicha 3 ta, rus tili bo‘yicha 2 ta, arab tili bo‘yicha 2 ta, xitoy tili bo‘yicha 1 ta, yapon tili bo‘yicha 1 ta, koreys tili bo‘yicha 2 ta va turk tili bo‘yicha 2 ta, jami 34 ta xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, xorijiy tillar bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni baholashga yo‘naltirilgan TKT, TESOL, TEFL, TESL, CELTA kabilar xalqaro imtihon tizimlarining sertifikatlari CEFR metodikasi bo‘yicha C1 darajasiga tenglashtiriladi.

Batafsil mazkur havolada berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring