Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Matematika olimpiadasida 3 ta kumush, 3 ta bronza qo‘lga kiritildi

Matematika olimpiadasida 3 ta kumush, 3 ta bronza qo‘lga kiritildi

O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz 3 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Joriy yilning 25–30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida 28-Bolqon matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xorvatiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Sarvarbek Ergashev, Andijon viloyati Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktab 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal.

Javohir Anvarov, Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktab 8-sinf o‘quvchisi — kumush medal.

Azizbek Mamajonov, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani 3-sonli umumta’lim maktab 8-sinf o‘quvchisi — kumush medal.

Abdulaziz Rajabov, Toshkent shahri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal.

Ikrom Hasanov, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktab 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal.

Abdusalomov Umidjon, Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab-internat 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring