Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malakani oshirishmi yoki «davleniya»ni oshirish?

Malakani oshirishmi yoki «davleniya»ni oshirish?

Foto: FitoHome.ru

Sivilizatsiya tarixini olti so‘z bilan ifodalash mumkin:
qancha ko‘p bilsang, shuncha
narsaga qodirsan.
E.Abu.

Men joriy yil aprel oyida pedagogik faoliyatimda uchinchi marta malaka oshirishga bordim. Quyida malaka oshirishning yangi tizimi haqidagi mulohazalarimni bayon qilaman.

Islohotning boshlanishi

2017 yil 26 sentyabrida Prezident Shavkat Mirziyoyev «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Endilikda sobiq malaka oshirish institutlari yangi nom bilan, ya’ni «...universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xududiy markazi» deb nomlandi. Oliy o‘quv yurtlari o‘zlari yetishtirib chiqargan kadrlarga «o‘zlari javob berishi» uchun yaxshi o‘ylangan qaror, nima dedingiz?

Qaror chiqdi, urra, urra!

Oliy ta’limdagilar qarordan so‘ng malaka oshirishning oliy o‘quv yurtlariga o‘tkazilishini institut va universitetlarga yangi studentlar in’om qilindi deb tasavvur qilishdi shekilli. Buni yanvar oyidan boshlangan yangi turdagi malaka oshirish tizimidan hamma his qildi, to‘g‘rirog‘i, his qildirishdi!

O‘zim aprel oyida yangi tizim joriy bo‘lganiga 3 oy o‘tib malaka oshirishga bordim. Bu mulohazalarning barchasini bir tinglovchining kuzatuvlari deb tushunasiz.

Malaka oshirishning biz umumta’lim maktabi pedagoglariga joriy qilingan tizimi, aytishlaricha, oliy o‘quv yurtlari pedagoglari uchun 3 yildan buyon qo‘llanmoqda ekan. Tinglovchi uchun 3 ta shart qo‘yiladi:  

1) o‘zining 5 yillik faoliyatidagi natijalari aks ettirilgan portfolioni maxsus saytdagi o‘z sahifasiga joylash (maksimal ball — 20);

2) oy so‘ngida masofaviy topshiriluvchi chiqish testini yechish (maksimal ball — 60);

3) yakuniy attestatsiya, ya’ni bitiruv malakaviy ishi yozib himoya qilish (maksimal ball — 20).

Pedagog-tinglovchi shu topshiriqlarni bir oy ichida bajarishi lozim. Portfolio va chiqish testi ikkalasidan 44,8 ball (60 foiz)dan kam ball yiqqanlar yakuniy attestatsiyaga qo‘yilmaydi. Xullas, yangi tizim shartlarida shunday belgilangan.

 Hisob biru o‘n: oldinda shoshmashosharlik!

Endi bu tizimning yutuq va kamchiliklari xaqida gapirib o‘tsam.

Yutuqlari shundan iboratki, pedagog-tinglovchilarni baholashning inson omiliga bog‘liq joylaridan iloji boricha voz kechilgan, bu poraxo‘rlik va korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi. Tinglovchi o‘z harakati bilan ko‘zlangan balni yig‘ishi mumkin, bu asosiy faktor.

Yana boshqa yutuqlari — ...

Ushbu nuqtalar o‘rniga yutuqlarni yozishni rosa istadimu, afsuski, boshqa topolmadim. Bilmadim, meni yaqindan taniganlar optimist deb bilishar edi, shunda ham maqtashga boshqa narsa topolmayapman, meni kechiring.

Ishdagi xatoni topish – hali bu o‘sha ishning
butkul noraso ekanligini isbotlash emas.
V.Belinskiy

Kamchiliklari xaqida esa, afsuski, ko‘p gapirish mumkin. Har bir kamchilikka o‘zimning takliflarimni keltirmoqdaman.

Birinchidan, portfolio to‘ldirish sayti yangi tizim ishga tushganiga mana 4 oy bo‘layotgan bo‘lsa-da talabga javob bermaydi, saytga telefondan kirish juda og‘ir, holbuki, O‘zbekistondagi internet foydalanuvchilarining asosiy qismi internetga telefon vositasida kirishga o‘rgangan, sayt esa bunga qoniqarli javob bera olmaydi.

Ikkinchidan, «pf-xtxmom.bimm.uz» saytini alohida, soddaroq nom bilan ochishsa bo‘lmasmidi, balki bu unchalik ahamiyatsizdek tuyular, lekin masalan men bir oy ichida ham to‘liq yoddan yoza olmay internet brauzerimning adreslar panelidan topib kirib yurdim, hammani kuzatdim: birma-bir, harfma-harf hijjalab terib kirmoqda saytga.

 Maqsadni tezroq tushuntiruvchi katakchalar

Portfolio to‘ldirish nizomi bilan tanishamiz.

Tinglovchining faoliyat turlari

Faoliyat miqyosi

Jamg‘arish usuli

Ball

Maksimal ball

1.            

Faoliyat natijalarining e’tirof etilganligi (davlat  mukofotlari, unvonlar, ko‘krak nishonlari, guvohnomalar nusxasi va faxriy yorliqlari)

respublika miqyosida

barcha ballar yig‘indisi

0,7

1,5

viloyat (shahar) miqyosida

0,5

tuman miqyosida

0,2

muassasa miqyosida

0,1

2.

Tashkil etilgan va muhokama qilingan ochiq darslari yoki ochiq mashg‘ulotlari (har o‘quv yilida kamida 3 marta (MTM uchun kamida 2 marta). Oldindan e’lon qilingan muammo yoki innovatsiya mavzusi bo‘yicha tuzilib tasdiqlangan jadval, ochiq dars yoki mashg‘ulot ishlanmalari, pedagogik yoki metodik kengash yig‘ilishi qaroridan ko‘chirma (muhrlangan)

viloyat, tuman (shahar) miqyosida

barcha ballar yig‘indisi

0,7

1,0

muassasa miqyosida

0,3

3.

Dars mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlilini olib borish (har o‘quv yili uchun alohida ma’lumotnoma)

34 soat va undan ortiq dars tahlil qilinganda (MTM uchun 12 soat)

ballardan faqat bittasi

1,0

1,0

22 — 30 soat dars tahlil qilinganda (MTM uchun 8-10 soat)

0,7

12 — 20 soat dars tahlil qilinganda (MTM uchun 5-7 soat)

0,3

4.

Ta’lim oluvchilarning o‘quv fanidan o‘rtacha reyting ko‘rsatkichlari (sinf jurnallari (MTM uchun nazorat sinovlari) asosida ma’lumotnoma)

86 — 100 foiz

Ballardan faqat bittasi

2,0

2,0

71 — 85 foiz

1,0

56 — 70 foiz

0,5

5.

O‘qituvchining «Yil o‘qituvchisi», «Yil tarbiyachisi» va boshqa turli ko‘rik-tanlovlar va musobaqalarda ishtiroki (diplom, sertifikat, guvohnoma, faxriy yorliqlar)

respublika miqyosida

ballardan faqat bittasi

1,0

1,0

viloyat, tuman (shahar) miqyosida

0,7

muassasa miqyosida

0,5

6.

Ta’lim oluvchilarning «Bilimlar bellashuvi», fan olimpiadalari, sport musobaqalari, badiiy ko‘rik va tanlov, ko‘rgazmalardagi ishtiroki (diplom, sertifikat, guvohnoma, faxriy yorliqlar)

xalqaro va respublika miqyosida

ballardan faqat bittasi

2,0

2,0

viloyat miqyosida

1,5

tuman (shahar) miqyosida

1,0

muassasa miqyosida

0,5

7.

Ilg‘or pedagogik ish tajribalarini o‘rganganligi va ish tajribasini ommalashtirganligi (tegishli tashkilotlar yoki muassasa pedagogik kengashidan ma’lumotnoma)

respublika miqyosida

barcha ballar yig‘indisi

0,6

1,5

viloyat, tuman (shahar) miqyosida

0,5

 

muassasa miqyosida

0,3

8.

Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari va masofaviy kurslar, seminar-treninglar, vebinarlarda qatnashishi va tajriba orttirishi (diplom, sertifikat va ma’lumotnoma nusxalari)

xalqaro miqyosda

barcha ballar yig‘indisi

1,0

2

respublika miqyosida

0,7

viloyat, tuman (shahar) miqyosida

0,3

9.

Ilmiy tadqiqot olib borishi, innovatsion faoliyati va jamoat loyihalaridagi ishtiroki (diplom nusxasi, ilmiy tadqiqot mavzusining tasdiqlangan byuleten sonidan nusxa,  loyihada ishtiroki bo‘yicha ma’lumotnoma)

ilmiy darajasi mavjud

ballardan faqat bittasi

1,0

1,0

ilmiy tadqiqot mavzusi tasdiqlanganligi

0,5

loyihada ishtiroki bor

0,5

10.

Chop ettirilgan ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalari yoki chop etilgan ilmiy va amaliy konferensiyalardagi tezislari (gazeta va jurnaldagi maqolaning skanerlangan nusxasi yoki elektron gazeta va jurnal adresiga iqtibos,  tezisning skanerlangan nusxasi)

xalqaro miqyosda

barcha ballar yig‘indisi

0,8

2

respublika miqyosida

0,6

viloyat (shahar) miqyosida

0,4

tuman miqyosida

0,2

11.

Nashr etilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, uslubiy tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar yoki yaratilgan va tegishli saytlarga joylashtirilgan elektron ta’lim resurslari (adabiyot titul varag‘ining skanerlangan nusxasi yoki elektron resursga iqtibos yoki patent-guvohnoma)

darslik

barcha ballar yig‘indisi

1

2,0

o‘quv yoki uslubiy qo‘llanma

0,6

uslubiy tavsiya, ko‘rsatma

0,2

dasturiy mahsulot

0,2

12.

Olib borayotgan to‘garaklari (har yili kamida bittadan) (muassasa bergan ma’lumotnoma)

muassasa miqyosida

faqat bitta ball

0,5

0,5

13.

O‘qituvchilar uchun o‘tkazilgan turli o‘quv kurslari, metodik xizmatdagi tashkilotchilik, trenerlik faoliyati (tegishli idora va muassasaning buyrug‘i va ma’lumotnomasi)

respublika miqyosida

barcha ballar yig‘indisi

0,7

1,5

viloyat, tuman (shahar) miqyosida

0,5

muassasa miqyosida

0,3

14.

Ta’lim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlaganlik, tavsiya etilgan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashi (muassasa rahbariyati yoki XTB tomonidan berilgan ma’lumotnoma)

muassasa miqyosida

faqat bitta ball

1,0

1,0

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball:

20

Pedagogning o‘tgan besh yilda qilinadigan ishlarini qamrab olishga harakat qilingan. Qisqasi, avvalo o‘qituvchi besh yillik arxivini titadi, agar yo‘qotgan yoki yig‘ib bormagan (hozir hamma shu ahvoldaligini ko‘rib turibman) bo‘lsa boshqatdan «yasaydi», xullas, topadi, iloji yo‘q!

 ChBR cheklangan ballar resursi

Portfolioda beriladigan ballar — qilingan ishlar hajmi, ko‘lami, ahamiyatiga mutanosib berilsa yaxshi bo‘lar edi. Tushuntiraman: misol uchun o‘quvchim 5 yil davomida bir marta tumanda sovrinli o‘rin olgan, boshqa bir ustoz, deylik, sizning (yaxshi o‘qituvchining o‘rniga sizni qo‘yaylik yaxshisi) shu besh yil davomida har yili ikkitadan jami 10 ta o‘quvchingiz tumanda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, nizomning 6-bandida faqat birgina sertifikat so‘ralgan, demak, men va siz ikkimiz tuman miqyosidagi bandga ko‘ra bir xil – bir balldan olamiz: sizning 9 ta o‘quvchingiz qayerga ketdi? Xo‘p, aytaylik, eng kamida sizning o‘quvchilaringiz har yili tumanda birinchilikni olgan holda viloyat bosqichida sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritmas, u holda hech yo‘q 6-bandning 3-qismiga mos tuman miqyosida 1 balldan 10 ball jamg‘arishingiz kerak edi, aslida esa nizomda maksimal ballga 2 ballik cheklov o‘rnatilgan, demak, siz 8 ball yutqazayapsiz (viloyatda yoki respublikada shu yillar mobaynida o‘quvchingiz g‘olib bo‘lgan bo‘lsa bundan katta natijada yutqazasiz...). 

Isroil Tillaboyev


Ushbu blogpost Blogerlar chempionatida ishtirok etmoqda. Chempionat materiallari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring