Maktablarda yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.
Vazirning qayd etishicha, Prezident farmoniga binoan Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston aholisiga 31-avgustdan 4-sentyabrgacha dam olish kunlari etib belgilangan. Maktab o‘qituvchilari ham ushbu dam olish imkoniyatidan to‘laqonli foydalanishi uchun yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi.
«Bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan oilaviy foydalanishni reja qilgan, lekin farzandi o‘qishga chiqishi munosabati bilan ikkilanib turgan ota-onalarga ham qo‘shimcha imkoniyat yaratildi», deya izoh qoldirgan Sherzod Shermatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter