Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab ta’miri yoxud tanganing ikkinchi tomoni

Maktab ta’miri yoxud tanganing ikkinchi tomoni

Yaqin kunlarda o‘qish muddati tugab, o‘quvchilar yozgi ta’tilga chiqishadi. Imtihonlardan so‘ng maktabni ta’mirlash ishlari boshlanadi. Sinf xonalari-yu yo‘lakchalarni qanchalik avaylab-asramaylik, o‘quvchilarning sho‘xliklari tufayli bir yilda ancha ta’mirtalab bo‘lib qoladi. Buni har bir ota-ona bolaligini eslasa biladi.

Va nihoyat bir qancha urinishlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan maktab ta’miriga pul yig‘ish masalasiga chek qo‘yildi. Sinf rahbari bir balodan qutuldi. Chunki o‘quvchidan pul yig‘ish azob, yig‘maslik baxt ekanini boshiga tushgan biladi (bilmaganlar bilib qo‘ysin). Davlat g‘aznasidan ta’mir uchun ajratilayotgan mablag‘ avval viloyatlarga, keyin XTBga, oxiri maktablarga yetib keladi. Ta’mirlash mahsulotlari beriladi-yu ta’mirni kim qiladi? Albatta o‘qituvchining o‘zi. Natijada majburiy mehnatdan ozod qilingan o‘qituvchiga yangicha mehnat majburiyati yuklanayapti-ku. Usta yollash uchun esa kamida 150-200 ming so‘m kerak.

Yo‘li topilib, ijaraga, obunaga, makulaturaga, sport jamiyatiga, sinfni tozalash jihozlariga, majburiy tomoshalarga ham pul yig‘ish to‘xtatilsa nur ustiga nur bo‘lar edi. Majburiy mehnatdan ozod qilingan o‘qituvchi majburiy pul yig‘ish majburiyatidan ham qutulgan bo‘larmidi?

Bekxo‘ja

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring