Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi o‘zgartirilishi kutilmoqda
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati vazirlikning «Vazirga murojaat» rukni ostida e’lon qilingan videomurojaatda ma’lum qildi.
«Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumta’lim muassasalarini zamonaviy bilimli rahbar kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlarini lavozimga tayinlash jarayonini hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish bo‘yicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda», – deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter