Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura akademiyasida kunduzgi, sirtqi va masofaviy shaklda o‘qish mumkin

Bosh prokuratura akademiyasida kunduzgi, sirtqi va masofaviy shaklda o‘qish mumkin

Illyustrativ surat.

Foto: «Prokuratura.uz»

Bosh prokuratura Oliy o‘quvchi kurslari Prezident farmoniga muvofiq akademiya sifatida qayta tashkil qayta tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Farmonga muvofiq prokuratura organlari xodimlari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishi qat’iy belgilandi.

Bosh prokuratura akademiyasida o‘quv jarayoni ta’limning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etiladi. Akademiyaga prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mas’ul ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berildi.

Eslatib o‘tamiz, «Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 8-may kuni imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring