Kontrakt to‘lashda 10 foizli chegirma kimlarga taalluqli ekani aytildi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan talabalarga stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi yuzasidan, jumladan, imtiyoz joriy o‘quv yilida o‘qishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar ko‘plab muhokama qilinmoqda, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib, 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya’ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi xabar qilingan edi.
Bayonga ko‘ra, 10 foiz chegirma bonusi infeksiyaga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan, to‘lov shartnoma asosida o‘qiyotgan kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat va magistraturaning barcha bosqich talabalari uchun beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter