Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni bilan 2020/2021-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Unga ko‘ra:
- kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;
- abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi;
- test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyulgacha o‘tkaziladi;
- alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkaziladi;
- kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qat’iy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter