Rektor «super-kontrakt»dan voz kechish haqida gapirdi

Bu haqda Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Institutga moliyaviy mustaqillik berildi. Endi to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish bo‘ladimi? Bu bo‘yicha qaror — 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul qilinadi. Bu yil ikkinchi semestr uchun narxlar o‘zgarmaydi.
Biz keyingi yildan boshlab super-kontraktga talaba qabul qilishdan voz kechishga harakat qilamiz. Chunki biz ta’lim sifatiga asoslangan «brend» yaratishni maqsad qilganmiz. Shu bois faqat iqtidorli va ishlab chiqaruvchilarga ma’qul keladigan nomzodlarni talabalikka qabul qilamiz», — deya ta’kidladi rektor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter