Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universitetiga qabulning yangi shartlari e’lon qilindi

Inha universitetiga qabulning yangi shartlari e’lon qilindi

Foto: «Mitc.uz»

16-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ikkita tadbir – bo‘lg‘usi abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni hamda «2019-2020 o‘quv yiliga qabulning yangi shartlari» mavzuida matbuot-brifingi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Matbuot-brifingi doirasida Inha universiteti rahbariyati amalga oshirilgan ishlar, joriy holat va 2019-2020 yilga mo‘ljallangan sezilarli o‘zgarishlar: hujjatlarni qabul qilish, shartnoma va grant asosidagi kirish imtihonlarining yangi shartlari, chet ellik talabalar uchun imtiyozlar, yangi grantlar va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, kelgusidagi rejalar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Rektor vazifasini bajaruvchi M. Jalolov, o‘quv ishlari bo‘yicha1-prorektor doktor Cho Vu Sug va Bosh menejer H. Umarova Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlari jarayonlaridagi o‘zgarish haqida batafsil so‘z yuritdilar.

Bu Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari 3 marotaba o‘tkaziladi. Bu universitet talabasi bo‘lish ehtimolini sezilarli darajada orttiradi. Chunki, har bir abituriyent uchta imkoniyatga ega bo‘ladi.

Shartnoma asosidagi 1-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan va shartnoma umumiy summasining muayyan foizini to‘lagan abituriyentlar o‘zlarining bor bilimlarini grant asosidagi 2-imtihon kuniga safarbar etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Mufyyan sabablarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish vaqtida IELTS yoki TOEFL sertifikatlari bo‘lmagan abituriyentlar universitet sayti (https://inha.uz)da ko‘rsatib o‘tilgan sanaga qadar topshirish sharti bilan imtihonlarga kiritiladilar.

Shuningdek, chet ellik talabalarga taqdim etilayotgan imtiyozlarga ham katta e’tibor qaratildi. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun kirish imtihoni faqat suhbatdan iborat bo‘ladi, shartnoma summasi esa sezilarli darajada pasaytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring