Hadis ilmi maktabi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
Farmonga muvofiq, oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabini tashkil etildi.
Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter