Farzandlar dars qilayotgani tasvirlangan foto yuborish ota-onalardan talab etilmagan — Vazir o‘rinbosari
AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tmoqda. Brifing davomida vazir o‘rinbosariga ota-onalardan farzandlarining dars qilayotgan jarayoni tushirilgan rasmlarni hisobot tariqasida yuborishlari talab qilinayotgani haqida savol berildi va bu qanchalik to‘g‘ri ekani so‘raldi.
Javob: Vazirlik tomonidan o‘qituvchilardan yoki ota-onalardan uyda dars tayyorlanayotgani haqida hisobot (fotosurat) yuborishlari haqida hech qanday topshiriq berilmagan.
Fursatdan foydalanib, barcha ota-onalarga, pedagoglarga murojaat qilib aytmoqchimiz, hech qanday ortiqcha hisobot, qog‘ozbozlik yoki fotosuratlar talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter