Farg‘onada O‘mon Sultonligi oliygohi ochiladi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘mon Sultonligining Atyab International Services kompaniyasi muassisligida Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi Xalqaro instituti ochiladi.
Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.
Hujjatga ko‘ra, institutda 2023/2024 o‘quv yilidan quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari tashkil etiladi.
Bakalavr ta’lim yo‘nalishi va kvota:
- Oziq-ovqat texnologiyasi B.tech. (Food technology) – 40;
- Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti – 25.
Magistratura mutaxassisligi va kvota:
- Oziq-ovqat texnologiyasi M.tech. (Food technology) – 15.
Oliygohga Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Movarounnahr ko‘chasi 92-uyda joylashgan Qo‘qon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar texnikumining bino va inshootlari hamda unga tutash hudud operativ boshqaruv huquqi bilan bepul foydalanish uchun beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter