Farg‘onada Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi filiali ochiladi
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Respublikaning turizm tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash Filial faoliyatining asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
Filialda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan holda ko‘proq ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Oliy maktabning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
2018–2020-o‘quv yilida Filial Farg‘ona davlat universitetida faoliyat olib boradi.
Filialga qabul kvotalari Oliy maktabning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Hukumat qarori bilan tasdiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter