Endi Stomatologiya instituti diplomi jahonda tan olinadi
Ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi tomonidan (WFME prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi.
Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi.
Mazkur xalqaro akkreditatsiya O‘zbekistondagi ta’lim dasturlarining xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni bo‘lib, Oliy ta’lim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) a’zosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter