Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi kollejlarda o‘qish pullik bo‘ladi

Endi kollejlarda o‘qish pullik bo‘ladi

Foto: «uz24.uz»

2018-2019-o‘quv yilidan boshlab oldingi, 11 yillik majburiy ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan kollejlar faoliyatini qayta tashkillashtirishga qaror qilindi. Bundan buyon O‘zbekistondagi barcha kollej turidagi o‘quv muassasalarida o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, deb xabar qildi «Sputnik».

Bepul  o‘qish faqat alohida toifadagi fuqarolar, jumladan kam ta’minlangan oilalar uchun saqlanib qoladi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, davlat bepul o‘qish uchun grantlar ajratadi. Grant asosida o‘qishni bitirgan talabalar o‘z kasbi bo‘yicha viloyatlarda kamida 3 yil mehnat qilishlari shart bo‘ladi.

Hujjatda qayd etilishiga ko‘ra, kollejlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi rejali tartibda qisqartirib boriladi. Uch  yildan keyin esa, 2017-yilda o‘qishga kirgan talabalar bitirganidan so‘ng, kollejlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi to‘xtatiladi.

Shundan so‘ng kollejlar o‘quvchilarining kontrakt puli, ular biriktirilgan muassasalar, sanoat korxonalari va banklar homiyligi asosida kun kechiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring