Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DTM ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan fotoga izoh berdi

DTM ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan fotoga izoh berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 2-sentyabrdan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi va dastlabki kunning 1-smenasi yakunlanib, 2-smenaga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jarayon test2020.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinmoqda.

1-smenada o‘tkazilgan test sinovlari vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda turli rasmlar tarqaldi. Ulardan biri yuqorida keltirilgan. Davlat test markazi ushbu holatga izoh berdi.

«Mazkur rasm 25 avgust kuni Andijon viloyatida hokimiyat tashabbusi bilan o‘tkazilgan seminarda olingan bo‘lib, u bugungi test sinovlariga aloqador emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan boshqa rasmlar ham o‘rganilmoqda va o‘rganish natijasida kerakli choralar ko‘riladi.

Abituriyentlardan test sinovlariga faqatgina pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlarini so‘raymiz.

Agar jarayonda taqiqlangan vositalar aniqlansa, abituriyent test sinovlaridan chetlashtiriladi», deyiladi DTM xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring