Denovda xususiy bog‘cha ochiladi
2018-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Denov tumaniga tashrif buyurib, tuman mutasaddilari bilan uchrashdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida federatsiya tomonidan Denov tumanida xorij tillarini o‘rgatishga ixtisoslashgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov, ochiladigan MTMda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarning faoliyat yuritishi hamda bolajonlarga ta’lim berishda zamonaviy texnologiyalar va usullardan foydalanish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur masala yuzasidan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter