Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denovda universitet tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi joylashtirildi

Denovda universitet tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi joylashtirildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Denov universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Denov universitetini tashkil etiladi.

Universitet Termiz davlat universiteti Denov filialining barcha huquq va majburiyatlari hamda shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, universitet faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;

Termiz davlat universiteti Denov filialining talabalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Universitetda o‘qishini davom ettiradilar;

Universitetga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring