Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat test markazi vakili tizimdagi eng katta muammoni aytdi

Davlat test markazi vakili tizimdagi eng katta muammoni aytdi

Davlat test markazi (DTM) bo‘lim boshlig‘i Elvira Urayevaning aytishicha, bugungi kunda test jarayonlarining asosiy muammolaridan biri kadrlar bilan bog‘liq.

25 iyul kuni AOKAda o‘tgan Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida DTM boshqarma boshlig‘i Sardor Rajabov, markaz bo‘lim boshliqlari Elvira Urayeva, Husan Azizov va jurnalistlar qatnashgan.

— Ha, muammolar bor. Biz o‘zimizni ideal demoqchi emasmiz. Ammo bu kamchiliklarni to‘g‘rilash ustida ishlayapmiz. Asosiy muammolardan biri — mutaxassislarimiz asosan filologlar, tilshunoslar. Testologiya, imtihon qabul qilish, baholash bo‘yicha mutaxassislarimizni qayta tayyorlaymiz. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida testolog mutaxassislar tayyorlanmaydi, — degan Urayeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring