Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat rahbari 4 ta ustuvor vazifa bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Davlat rahbari 4 ta ustuvor vazifa bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’limga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.

Davlat rahbari oliy ta’lim tizimidagi rahbarlarga barcha kuch va resurslarini 4 ta ustuvor vazifaga qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi:

1. Oliygohlar boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.

2. Ta’lim berish jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit hamda sharoitni yaratish. Oliygohlar talabani o‘qishga qabul qilishdan avval ularni qayerga ishga yuborishini, buning uchun ish beruvchilar bilan 10 yillik shartnomaga ega bo‘lishlari kerak.

3. Oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.

4. Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.

Prezident bu vazifalarni bajarish uchun OTM mustaqil boshqaruviga oid qator yangiliklarni ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring