Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chekka hududlarda ta’lim sifatini yaxshilashga «Mikrokreditbank» homiy bo‘ldi

Chekka hududlarda ta’lim sifatini yaxshilashga «Mikrokreditbank» homiy bo‘ldi

13 dekabr kuni Yoshlar press-klubida «Mikrokreditbank» ATB, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkillashtirilgan «IMKONIYAT» loyihasining 70 nafar g‘olibini taqdirlash hamda ularga pul mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«IMKONIYAT» O‘zbekiston bo‘ylab xususiy ta’lim biznesini boshlamoqchi bo‘lgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasidir.

O‘quv markazi ochish niyatida bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu tashabbusning dastlabki bosqichida kelib tushgan 1630 ta loyiha ichidan 483 tasi ikkinchi bosqichga o‘tdi. Mazkur bosqichdan so‘ng esa yana 150 ta loyiha saralab olindi va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan onlayn darslarga tavsiya etildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra esa berilgan vazifalarni baholash natijalariga qarab har bir viloyat kesimida beshtadan, Qoraqalpog‘istondan 10 ta, jami 70 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Endilikda mazkur loyihalarga 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga 50 mln. so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Loyihalarni tanlashda biznes reja bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, jamoa, ta’lim biznesining maqsadlari, hayotiyligi, hududi va boshqa shu kabi amaliy jarayonlarga e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring