Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura akademiyasi xodimlariga lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Bosh prokuratura akademiyasi xodimlariga lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Foto: «Prokuratura.uz»

Bosh prokuratura Oliy o‘quvchi kurslari Prezident farmoniga muvofiq akademiya sifatida qayta tashkil qayta tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Farmonga muvofiq prokuratura organlari xodimlari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishi qat’iy belgilandi.

Yangi hujjat bilan Akademiyaga prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mas’ul ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berildi.

Farmonda 2018-yilning 1-iyunidan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Akademiya xodimlariga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan oshirilgan tarif koeffitsiyenti va alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni o‘z tarkibiga oluvchi lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, akademiya faoliyati Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Akademiyada to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan kelib tushadigan mablag‘lar o‘quv va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, «Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 8-may kuni imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring