Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekoboddagi bog‘chada ommaviy zaharlanishga nima sabab bo‘lgani aytildi

Bekoboddagi bog‘chada ommaviy zaharlanishga nima sabab bo‘lgani aytildi

Bir necha kun muqaddam Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish belgilari bilan 15 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar olib kelingani xabar qilingan edi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Bekoboddagi 15-sonli MTTdagi oziq-ovqatdan zaharlanish holatini chuqur o‘rganib chiqdi va ayni vaqtdagi holat haqida xabar berib o‘tdi.

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Bekobod shahar tibbiy birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 19 nafar bola «o‘tkir diareya, gastroenterit» dastlabki tashhisi bilan keltirildi.Og‘ir holatlar qayd etilmagan, 3 bolaning holati o‘rta og‘irlikda, 15 nafari qoniqarli va bir bola uyga jo‘natilgan. Davolashdan so‘ng, bolalarning barchasida tuzalish tomon ijobiy dinamika kuzatilmoqda.

Ushbu ma’lumot yetib kelgan zahoti, Bekobodga maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislardan iborat ishchi guruhi darhol jo‘natilgan.

Zaharlanish sababini aniqlash maqsadida suv,oziq-ovqat, oshxona jihozlari, xodimlar qo‘li va kiyimlaridan surtmalar, ovqatning sutkalik namunasi, shuningdek kasalxonaga yotkazilgan bolalardan analizlar olingan. Barcha materiallar Davlat sanitariya-epidemiologiya markaziga yuborilgan.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

• MTT yangi maishiy muzlatgichlar bilan jixozlangan va ular ishchi holatida;

• xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tganlar va sanitar kitobchasiga egalar;

• MTT suv ta’minotida uzilishlar bo‘lib turadi. «Ariston» suv isitgichi ishchi holatida emas;

• dezinfeksiya va yuvish vositalarining zahirasi mavjud bo‘lishiga qaramay xodimlar ularni ishlatmaydilar;

• guruhlarda emallangan idish-tovoq yetarli emas;

• guruhlarga ichimlik suvi qo‘yilmagan;

• 27- sentyabr kun taomnomasiga bir-biriga mos kelmaydigan taomlar kiritilgan(bodring va kisel, quyultirilgan sut va olma);

O‘tkazilgan tekshiruv jarayoni ovqat tayyorlash bloki hamda guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganini ko‘rsatdi.

MTT faoliyati va epidemiologik tekshiruv natijalari asosida rahbar, hamshira va oziq-ovqat bloki mas’ul hodimlariga nisbatan lavozimdan ozod etishgacha bo‘lganma’muriy choralar ko‘rilishi mumkin.

Ayni vaqtda Bekobodning 15-sonli MTT faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, tashkilotda yuvish va dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring