Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan agentlik nomi o‘zgardi

Prezident qarori bilan agentlik nomi o‘zgardi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (19.07.2021 y. PQ-5188) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi — Prezident ta’lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.

Shuningdek, Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzurida Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qaror bilan Jamg‘arma Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Vasiylik kengashi raisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring