DTM abituriyentlarning testga bosh kiyimda kelishiga ruxsat berdi
Xabaringiz bor, ertadan mamlakatimizda test imtihonlari boshlanadi. Davlat test markazi abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi.
«2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotganligi sababli, abituriyentlar xohishiga ko‘ra, test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkin», — deyiladi DTM axborotida.
Ma’lumot o‘rnida: testga soyabon olib kirishga ruxsat yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter