Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Call-markaz tashkil etildi.
Fuqarolar (71) 246-38-57 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Call-markaz dushanbadan shanbagacha har kuni soat 9:00dan 17:00ga qadar (tushlik – soat 13:00 dan 14:00gacha) faoliyat ko‘rsatadi.
P.S: Respublikadagi barcha OTMlarda ham qabul jarayonida Call-markazlar ishlaydi va ular haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter