Abituriyentlar uchun apellyasiya muddati e’lon qilindi
Test imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyasiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Arizani my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda 31 avgustga qadar (10 kun) topshirish mumkin.
Abituriyent apellyasiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Ariza bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga borishi kerak.
Apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023 yil 24 avgustdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq DTM mandat natijalarini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter