Abituriyentlar ko‘pligi tufayli davlat xizmatlari avtobuslarda ham ko‘rsatilmoqda
Davlat xizmatlari markazlari OTMlarga qabul qilishda murojaat etuvchilarning yuqori oqimi tufayli 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Ya’ni, hujjatlarni istalgan qulay vaqtda topshirish imkoniyati yaratildi.
Agentlik matbuot xizmatiga ko‘ra, abituriyentlar yuqori oqimi sababli, maxsus xizmat uskunalar bilan jihozlangan Davlat xizmatlari agentligining avtobuslari yordam berishga shoshilmoqda.
Masalan, Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari bunday mobil xizmatlarni Samarqand davlat universiteti hududida ko‘rsatilmoqda. Kunning birinchi yarmida ular 100 dan ortiq abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter