Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish bosqichma-bosqich elektronlashtiriladi

Abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish bosqichma-bosqich elektronlashtiriladi

Foto: Gazeta.uz

Prezidentning «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorda abituriyentlar hujjatlarini elektron qabul qilish masalasi ham o‘rin olgan. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oliy ta’lim muassasalariga xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy natijalarini xalqaro miqyosda keng nashr etish, respublika yetakchi ilmiy jurnallarining bosqichma-bosqich yuqori impakt-faktorga ega bo‘lishini ta’minlaydi.  Shuningdek, oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida optimallashtirish, mavjud axborot tizimlarini integratsiyalash, tahliliy ma’lumotlar tayyorlashning samarali tizimlarini joriy etish chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Abituriyentlar hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish tizimini bosqichma-bosqich yaratish bo‘yicha 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda chora-tadbirlar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring