Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 nafar talaba to‘lov-kontraktining 50 foizi to‘lab berildi

9 nafar talaba to‘lov-kontraktining 50 foizi to‘lab berildi

Oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va tahsil olayotgan yetim, nogironligi bo‘lgan, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan va mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar o‘rtasida «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ta’lim granti» loyihasi tashkil etilgan. Ushbu loyiha doirasida Navoiy viloyatida ham 9 nafar talabaning to‘lov-shartnomalarining 50 foizi to‘lab berildi.

Navoiy davlat konchilik institutining 5 nafar hamda pedagogika institutining 4 nafar talabalariga berilgan bu imkoniyat — yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishiga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlar katlamini moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda iqtidori va faolligini rag‘batlantirishdan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring