8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi
Prezident «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.
Unga ko‘ra:
- Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
- Namangan davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
- Guliston davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
- Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
- Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
- Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
- Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
- Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
- Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
- Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
- pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari "4+2" tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib boriladi;
- har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o‘qituvchilarini ushbu muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko‘riladi.
2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. 1-ilovada ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter