Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

2-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

Davlat test markazi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2-avgust kuni topshirilgan test sinovlari natijalarini e’lon qildi.

Unda kuzatilgan eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 5330501 – Kompyuter injiniring ta’lim yo‘nalishi – 187,9 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat texnika universitetining 5310900 – Myetrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi – 158,2 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5231006 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy ta’lim yo‘nalishi – 136,8 ball.

Kecha va avvalgi kuni test topshirganlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring