1-iyundan yoshlarga qo‘shimcha imtiyozlar amal qila boshlaydi
Prezidentning tegishli farmoni bilan shu yil 1-iyundan boshlab yoshlarga qo‘shimcha imtiyozlar amal qila boshlaydi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yosh tadbirkorlarga 1 yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, ammo ko‘pi bilan 6 mln 125 ming so‘mgacha «Yoshlar daftari» jamg‘armalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Professional ta’lim tashkilotlarida (litsey, kollej va texnikum) tahsil olayotgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga amaliyot o‘tagan vaqtida (olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda) ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan BHMning ikki baravari (490 ming so‘m) miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter