Rossiyada g‘ayritabiiy iqlim hukmron bo‘lishi kutilmoqda
Sinoptiklar Rossiyada qishning uch oyida davom etadigan g‘ayritabiiy ob-havo haqida gapirishmoqda, deb yozadi iqlimshunos E.Abdulahatov.
Uning qayd etishicha, bu safar iqlimiy vaziyat odatdagidan sal boshqacharoq. Va bunday anomaliyalar noyabr oyining o‘rtalaridan namoyon bo‘la boshlaydi. Bu haqda Fobos ob-havo markazi meteorologi Yevgeniy Tishkovets ma’lum qildi, deb xabar beradi PRIMPRESS.
Meteorologning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi iqlim nuqtai nazaridan, mutlaqo atipik bo‘ladi. Ob-havo tom ma’noda aqldan ozadi va buning aniq tasdiqlari hozirdan mavjud. Sinoptikka ko‘ra, bu safar, rus yerlarida qish iqlimiga jahon okeanidagi El-Nino hodisasi bilan bog‘liq yuqori suv harorati jiddiy ta’sir qila boshlaydi.
Bunday ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi bu safar sezilarli chegaralarga yetadi. Bu shuni anglatadiki, siklonlar ko‘pincha okeanlardan katta nam havo oqimini quruqlikka «haydab keladi», ular bir vaqtning o‘zida ikki haftagacha turib qolishi, ya’ni davom etishi mumkin.
Tishkovets ta’kidlaganidek, beqaror ob-havo kuz oxirlarida o‘zini namoyon qila boshlaydi. Noyabr kuz mavsumining eng sovuq, eng nam va eng seryog‘in oyi bo‘ladi. Garchi barqaror qor qoplami faqat dekabr oyining boshlarida yerlarni to‘liq qoplasada, oyning o‘rtalarida Rossiya hududining ko‘p qismida qor yog‘a boshlaydi.
Shu bilan birga, dekabr va yanvar oylarida yog‘ingarchilik miqdori norma atrofida bo‘lishi kerak, ammo fevralda yog‘inlar birdaniga me’yordan ikki barobar oshib ketadi va bu an’anaviy ho‘l qor, hattoki juda ko‘p yomg‘ir, xavfli muz yomg‘irlari yog‘ishiga olib keladi. Umuman olganda, qish muzli hodisalarga boy bo‘ladi, deb ogohlantirdi Tishkovets.
Ammo shu bilan birga, dekabr oyida havo harorati odatdagidan ikki daraja yuqori bo‘ladi, yanvarda anomaliya allaqachon uch darajaga, fevralda esa to‘rt darajaga yetadi.
Shunday qilib, Rossiyada butun qish g‘ayritabiiy iliq bo‘ladi, ammo atipik yog‘ingarchilik va doimiy harorat o‘zgarishi shaklida juda ko‘p xavfli ob-havo hodisalari bilan kechadi.
Fobos ob-havo markazi — bu, mustaqil iqlim markazi bo‘lib, uning uzoq muddatli ob-havo prognozlari Rosgidromet ob-havo byurosi ob-havo prognoz xabarlariga mos tushmasligi ham mumkin. Rosgidromet esa butun boshli qish oyi uchun maslahatomus ob-havo prognozini oktyabr oyi o‘rtalari yoki so‘ngida ishlab chiqadi.
O‘zbekistonda kelayotgan qish va 2024 yil bahor oylarida kutilajak iqlimiy vaziyat bilan ushbu videoda to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter