Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriya aholisi soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketadi (infografika)

Nigeriya aholisi soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketadi (infografika)

Infografika: «Visualcapitalist.com»

Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari va baholash instituti (IHME) hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer aholisi soni eng yuqori cho‘qqisiga 2064 yili ko‘tarilib 9,7 mlrd.ga yetadi va ...pasayishni boshlaydi, 2100-yili sayyoramiz aholisi 8,8 mlrd. kishidan iborat bo‘ladi.

O‘zgarishlar turli demografik omillar: odamlarning ko‘proq umr ko‘rishi, migratsiya jarayonlari va tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayib ketishi ta’sirida kechadi.

2100-yilga borib jahon aholisining chorak qismidan ziyodrog‘ini 65 yoshga to‘lganlar va undan kattalar tashkil etadi.

Asrimiz o‘rtalariga borib Xitoy va Hindiston aholisi soni keskin kamayishni boshlaydi. Prognozlarga ko‘ra, 2100 yilda Xitoy aholisi soni bo‘yicha dunyoning uchinchi mamlakatiga aylanadi — 732 million kishi.

Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismi, xususan, 2100-yilda aholisi soni Xitoynikidan oshib ketishi kutilayotgan Nigeriya, asr oxiriga borib ham aholisi o‘sishda davom etgan yagona mintaqa bo‘lib qoladi. O‘sha paytga borib dunyoning aholisi eng ko‘p 10 mamlakatidan 5 tasi Afrika mamlakatlari bo‘lishi hisoblab chiqilgan — Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Misr va Tanzaniya.

O‘zbekiston

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga, 34,5 mln. kishiga yetgani haqida xabar bergandik. IHME prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni asrimizning 70-yillarida eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi, keyin kamayishni boshlab, 2100-yilda 44,2 million kishini tashkil etadi.

Manba: IHME
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring