Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega siyosatchilar boshqalardan ko‘proq yashashadi?

Nega siyosatchilar boshqalardan ko‘proq yashashadi?

Qisman COVID-19 pandemiyasi sababli ham olimlarni bir savol qiziqtirib qo‘ydi: ayrim «elita» kasblar, masalan, siyosat bilan shug‘ullanish va salomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda olimlar shu savolga javob berishga urinib ko‘rishdi, deb yozdi Medical Xpress.

Tadqiqotchilar daromadi yuqori mamlakatlardan 11 tasida yashovchilarning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Xususan, bu tadqiqotda Avstraliya, Avstriya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Yangi Zelandii, Shveysariya, Buyuk Britaniya va AQSh siyosatchilarning ham ma’lumotlari o‘rganildi.

Tahlillarga ko‘ra, 20 asrning ikkinchi yarmida siyosatchilar va aholining qolgan qismi o‘rtasida 45 yoshda umr ko‘rish ehtimolidagi farq sezilarli oshgan: siyosatchilar boshqalarga nisbatan o‘rtacha Shveysariyada — 3 yil, AQShda — 7 yil uzoqroq umr ko‘rishadi.

Siyosatchilar boshqalarga nisbatan yaxshiroq tibbiyotdan foydalanish imkoniyatiga ega — ularning ko‘proq umr ko‘rishi sababini olimlar shunday izohlashdi. Boshqa hech qanday sir yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring