Jarimalar: import va eksport qiluvchilar uchun nimalar o‘zgaradi?

«Norma» eksperti 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradigan tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishini nazorat qilishning yangi tartibini ko‘rib chiqdi.
Hukumat may oyida Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. U e’lon qilinganidan so‘ng 3 oy o‘tgach, ya’ni 16 avgustdan kuchga kiradi. Mazkur hujjat – 2003-yilda qabul qilingan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri.
Ikkala versiya – amaldagisi va yangisini solishtirib, umuman monitoring olib borish mexanizmi qanday o‘zgarishini tavsiflab berdik. Ushbu materialda jarima sanksiyalari haqida so‘z yuritamiz, u ham tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari uchun juda muhim. Masalaning bir nechta jihati: muddatlar va ularni hisoblab chiqarish tartibi, jarima solish tizimi va ularni undirib olish mexanizmini yoritamiz. Barchasini birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Muddatlar – mavhum jihatlari
Jarimalar operatsiyaning xususiyatiga qarab muayyan talablar bajarilishi kerak bo‘lgan belgilangan muddatlarni buzganlik uchun undiriladi (quyidagi jadvalga qarang).
Operatsiyaning turi |
Belgilangan muddat davomida bajarilishi lozim bo‘lgan talab |
Hisoblab chiqarish tartibi |
Belgilangan muddatlar |
|
(16.08.2020 yilgacha) |
(16.08.2020 yildan) |
|||
Import |
Tovarlarni respublikaga olib kirish va «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish yoxud ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish |
Import kontraktlari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab |
|
|
Eksport |
Tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish |
Tovarlarga nisbatan – «eksport» bojxona rejimi bo‘yicha bo‘yicha BYuD rasmiylashtirilgan sanadan boshlab. Xizmatlarga (ishlarga) nisbatan – bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab.
|
|
Umumiy muddat – 180 kun. |
Bir qarashda, hammasi tushunarlidek. Ayrim toifadagi sub’yektlar uchun imtiyozlar bekor qilinadi: elektrotexnika tarmog‘idagi import qiluvchilar qolganlar bilan tenglashtirilgan, barcha eksport qiluvchilar uchun esa umumiy, 180 kunga uzaytirilgan muddat belgilangan, bu ham ayrim TIF ishtirokchilarining istisnoli holatini yo‘qqa chiqaradi.
Biroq hammasi ham ko‘ringanidek oddiy emas. Gap shundaki, amaldagi Nizomda aks ettirilgan umumbelgilangan va istisnoli muddatlar yuridik kuchi bo‘yicha yuqori turuvchi hujjatlarda nazarda tutilgan:
- elektrotexnika sanoati korxonalariga nisbatan – Prezidentning 30.05.2019 yildagi «Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4348-son qarori 4-bandi «v» kichik bandida;
- eksport operatsiyalari bo‘yicha – Prezidentning 3.11.2017 yildagi «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3351-son qarori 1-bandi «a» kichik bandida.
Nizomning amaldagi tahririda ushbu normalar bir-biriga to‘la muvofiq bo‘lsa, yangisida bir-biriga zid keladi. Qonunga ko‘ra, NHH o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi. Binobarin, Prezidentning tilga olingan qarorlari normalari yangi tahrirdagi Nizomga mos kelishi uchun ularni 16 avgustgacha qayta ko‘rib chiqish zarur. Aks holda ayrim hollarda Hukumat tomonidan belgilanganiga zid keluvchi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin (quyidagi jadvalga qarang).
Sub’yekt |
Belgilangan muddat |
Oqibatlari |
|
Import operatsiyalari |
|||
Elektrotexnika sanoati tashkilotlari |
30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorga muvofiq – 270 kun |
Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun |
30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qaror qo‘llaniladi. Istisnoli holati saqlanib qoladi |
Eksport operatsiyalari |
|||
Elektrotexnika sanoati tashkilotlari |
30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorga muvofiq – 180 kun |
Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun |
Muddatlar aynan bir xil. Hech nima o‘zgarmaydi |
Chet eldagi tashkilotlarga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shu’ba korxonalari, firma do‘konlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlariga) eksport qiluvchi muassislar – O‘zbekiston rezidentlari |
3.11.2017 yildagi PQ-3351-son qarorga muvofiq – belgilanmagan (faqat umumbelgilangan 120 kunlik muddatdan istisno sifatida belgilangan) |
Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun |
Hech nima o‘zgarmaydi |
SSPning savdo-investitsiya uylariga eksport qiluvchi Palata a’zolari |
|||
Qolgan eksport qiluvchilar |
3.11.2017 yildagi PQ-3351-son qarorga muvofiq – 120 kun |
Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun |
3.11.2017 yildagi PQ-3351-son qaror qo‘llaniladi. TIF sub’yektlarining ko‘p sonli guruhi zarar ko‘radigan holatga tushib qoladi |
TIF sub’yektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yana bir savol mavjud. Amal qilish muddati yangi Nizom kuchga kirguncha va kuchga kirganidan keyingi davrlarga to‘g‘ri keladigan joriy kontraktlarga nisbatan qanday muddatlar qo‘llaniladi? «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, NHH orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Shu sababli hammasi tashqi iqtisodiy kontrakt qachon tuzilganiga bog‘liq. 16 avgustgacha tuzilgan bo‘lsa – amaldagi tahrirdagi, 16 avgustdan boshlab esa yangi tahrirdagi Nizomda ko‘rsatilgan muddatlar qo‘llaniladi.
Jarimalar: o‘sha tizim va «bonuslar»
Ilgari jarima solish tizimini o‘zgartirish rejalashtirilganiga qaramay, u amaldagi ko‘rinishda saqlanib qoladi. Xuddi hozirgidek, tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (import) yoxud valyuta tushumi tushishi (eksport) bo‘yicha talablar belgilangan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin 30 bank kunidan (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun – 60 bank kunidan) ortiq muddat mobaynida bajarilmasa, jarima undiriladi. Jarima summasi to‘lash muddati kechiktirilgan vaqtga qarab ortib boradi: 180 kungacha kechikkanda – 10%; 180 kundan 365 kungacha kechikkanda – qo‘shimcha 20%; 365 kundan ortiq kechikkanda – qo‘shimcha 70%.
Biroq yangi tahrirdagi Nizomda tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarima qo‘llanilmaydigan holatlarning keng ro‘yxati qayd etilgan:
a) jarima qo‘llash haqidagi arizada ko‘rsatilgan kontraktlar bo‘yicha to‘liq yoki qisman repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan («Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasiga qarang);
b) asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish bo‘yicha import kontraktlari shartlarida ularni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kalendar kundan ortiq belgilangan bo‘lsa;
v) chet eldagi korxona nomiga olib chiqilgan tovarlarga quyidagilar to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etilganda:
- transportda tashish va saqlash jarayonida eksportchiga va chet eldagi korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolganligi uchun ularning yo‘q qilinganligi;
- tovarlar turgan mamlakat bojxona organining bojxona nazorati ostida import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilinganligi.
Ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) amaldagi eksport va import hajmi bo‘yicha takroriy jarimalarni undirishga doir amaldagi cheklov saqlanib qoladi.
Buning ustiga, jarima solinadiganlar yangi opsiyadan foydalanishlari mumkin – ularga to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni beriladi. Jarima summasi yuridik shaxs- rezidentning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20%idan ortiq bo‘lsa, undan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri – jarimani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy.
Mexanizm yanada shaffof tus oldi
Amaldagi Nizomda faqat jarimalarni undirish jarayonida bojxona va soliq organlarining idoralararo hamkorlik qilish tartibi bayon etilgan. Mohiyatan olganda, hammasi parda ortida sodir bo‘ladi, TIF sub’yektlari jarayonga jalb etilmaydi va voqealarga ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Yangi tahrirda ushbu nuqson bartaraf etilgan, yangi mexanizm shaffof tusga ega. Xususan, soliqchilar qonunbuzar eksport qiluvchi va import qiluvchilarga yozma yoki elektron shaklda jarima qo‘llash to‘g‘risida talabnoma yuboradilar. Unda quyidagilar albatta aks ettiriladi:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektning to‘liq nomi, uning STIRi;
- talabnoma sanasi va raqami;
- kontraktga oid ma’lumotlar: identifikatsiya raqami va turi, xorijiy sherik nomi, davlati, valyuta turi;
- muddati o‘tgan debitorlik qarzga oid ma’lumotlar: u yuzaga kelgan sanasi va summasi, MB tomonidan belgilangan valyuta kursi va sanasi, muddati o‘tgan debitorlik qarzning so‘mdagi qiymati;
- talabnoma olinganidan so‘ng xo‘jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan ko‘riladigan choralar va muddati;
- muddati o‘tgan debitorlik qarz bartaraf etilmagan taqdirda qo‘llaniladigan choralar.
Talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lgan taqdirda, u orqali yuborilishi mumkin. Buyurtma xat jo‘natilgan kundan e’tiboran 5 kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan, shaxsiy kabinet orqali yuborilganda esa keyingi ish kuni qabul qilib olingan deb hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt davlat soliq xizmati organiga talabnoma olingan kundan e’tiboran 10 kun muddatda tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarning bartaraf etilganligi yoki jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lab berilganligi haqidagi ma’lumot(lar)ni yozma yoki elektron shaklda tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Talabnomada jarima summasi uni jo‘natish sanasidagi MB valyuta kursi bo‘yicha so‘mda hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt kontrakt bo‘yicha qarzdorliklarni ixtiyoriy ravishda to‘lab bermagan yoxud to‘lashni rad etgan taqdirda, soliq organi sudga murojaat qiladi. Xorijiy valyuta kursi o‘zgargan taqdirda, talabnomada ko‘rsatilgan summa qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Ilgari yozganimizdek, belgilangan talablarni bajargan TIF ishtirokchilariga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilmaydi, undirilgan jarimalar esa ularga qaytarib berilishi shart. Ularni qaytarib olish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yekt ariza beradi, summa esa quyidagi organlar tomonidan uning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi:
- Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan – uning depozit hisobvarag‘ida saqlanayotgan bo‘lsa;
- Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan – Davlat budjetiga o‘tkazilgan bo‘lsa. Bu holda soliq organining uni ortiqcha to‘langan summa sifatida e’tirof etish haqidagi qarori kerak bo‘ladi (SK 104, 105-moddalariga qarang).
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng qo‘llanilgan jarima summasi xo‘jalik yurituvchi sub’yektning shaxsiy varaqasida hisobga olinadi. U soliq qarzi sifatida e’tirof etilib, majburiy undiruv choralari ko‘riladi (SK 15-bobiga qarang).
Oleg Zamanov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter