Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haqiqiy» kuz qachondan boshlanadi?

«Haqiqiy» kuz qachondan boshlanadi?

Foto: Xabar.uz

22-sentyabrda kutilayotgan kuzgi tengkunlik bilan Yerning Shimoliy yarimshar (ekvatordan shimol) qismida astronomik kuz boshlanadi. Bu haqda Moskva planetariysi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu sanadan osmon sferasida Quyosh Janubiy yarimsharga ko‘chadi va Shimoliy yarimsharda astronomik kuz boshlanib, tunlar kunlarga nisbatan uzayib boradi.

Taqvimiy kuz kirganidan buyon jazirama chekinib, O‘zbekistonda haqiqiy kuz havosi hukm surmoqda. Faqat 18-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasining baland tog‘larida ilk qor yog‘ib, daryo va buloq suvlari muzlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring