Suriyadan qaytarilgan o‘zbekistonliklarning muammolari qanday hal etilmoqda? Maxsus komissiya rasmiy bayonot berdi
Ziddiyatli hududlardan qaytgan vatandoshlarimizni ijtimoiy reabilitatsiya hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent viloyati hududidagi sanatoriyda 154 nafar fuqaroga tegishli yordam ko‘rsatilib, 1 nafar fuqaro sog‘lig‘i tufayli shifoxonada davolanmoqda.