Bog‘lardagi zararkunanda va kasalliklarni qanday yo‘qotsa bo‘ladi?
Oxirgi yillarda zararkunanda va kasalliklar bog‘larga, ekinzorlarga katta zarar yetkazmoqda. Mevali bog‘larning mahsuldorligini oshirishning asosiy omili uni turli kasallik va zararkunandalardan o‘z vaqtida va sifatli himoya qilish tadbirlarini bajarishdir.
Millionlardan mahrum etayotgan «mahluqlar»
2019-yilning boshidan 19-fevralgacha (bir yarim oydan ko‘proq) O‘zbekistondan Qozog‘iston Respublikasiga 700 tonnadan ziyod anor mahsuloti eksport qilingan. Natijada aynan anor eksportidan 1 million AQSh dollariga yaqin daromad olingan.