Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tiriklayin ko‘milgan mahram

29/04, 12:52

Jallodlardan biri salom berganicha Rahmonbergan mahramga peshvoz chiqdi. Ikkinchi jallod esa otning jilovini tortib, hayrat ila boqayotgan mahramga dedi:

XIX asr mirshablari: bir maoshga 3 ta qo‘y!

03/03, 15:00

Isyonkor Omon Niyozni masjidi Kalon minorasidan uloqtirganlarida hamma hayratdan yoqa ushladi.

1927-yil: Xiva xonligiga keltirilgan ilk avtomobil jumbog‘i

27/02, 15:10

1873-yil. Chorizm Xiva xonligini zabt etgach, vohaga Moskva va Peterburgdan xonlar minishi uchun soyabonli foytun aravalar olib kelindi. 1886-yili ilk bor xonlikka keltirilib, Feruz va Isfandiyorxon mahobat ila o‘tirgan foytun arava o‘sha vaqtda ko‘pchilikda hayrat uyg‘otgan edi. Yog‘ochdan yasalgan eshak va ot-aravaga ko‘nikkan oddiy xalq uchun temir g‘ildirakli, soyaboni bor mahobatli foytun arava ancha vaqtgacha qiziqish manbai bo‘lib keldi...

Zambarak og‘ziga qo‘yib otilgan devonbegi

16/07, 10:36

Yoqub mehtarning g‘iybati bois devonbegini g‘oyat yomon ko‘rib qolgan xon qat’iy hukm qildi. Unga ko‘ra, Bekniyoz devonbegining tishlari urib sindirildi, so‘ng Angliyadan keltirilgan aslaha – to‘p og‘ziga solib otildi.

Xonning ahdi, shahzodaning o‘limi va kanizak fitnasi — O‘zmilliybank bizga qaytargan saroy tarixi

21/05/2021

Nurullaboy saroyining tarixi ming yillarga borib taqalmaydi. Majmua XIX asr o‘rtalarida qurib boshlangan va ellik yil nari berisida, XX asr boshlariga kelib tugatilgan. Ammo tarix uchun nisbatan qisqa bo‘lgan mana shu davrda ham saroy qanchadan qancha dabdabayu, hashamatga, shuningdek, xon, vazir hamda valiahd shaxzoda umriga zomin bo‘lgan fitnalarga guvoh bo‘ldi.

Axborot xurujiga kim qarshi turadi?

08/06/2018

«Shunday bir axloq o‘rnatish mumkinki, bu axloqqa muvofiq madaniy va talovchi davlatlarning boshqa xalqlarga qilayotgan hamma sharmandali kirdikorlarini, hatto Rossiya imperiyasining Turkistondagi yirtqichliklarini ham to‘g‘ri qilib ko‘rsatsa bo‘ladi!».

Infografika. Yana bir tarixiy hujjat YuNESKO ro‘yxatiga kirdi

15/05/2018

Yana bir tarixiy hujjat YuNESKOning «Jahon xotirasi» xalqaro ro‘yxatiga kiritildi. Shu masala yuzasidan 2018-yil 22-may kuni soat 11:00 da «Poytaxt biznes markazi»da taqdimot (sertifikat topshirish) marosimi va fotoko‘rgazma o‘tkaziladi.

Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi

22/01/2018

Agentlik Badiiy kengashining joriy yil 11-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Sankt-Peterburg shahrida tanlangan makon va liboslar asosida film uchun tayyorlangan eskizlar ham muhokama etildi.