Xususiy bandlik agentliklarini litsenziyalash tartibi bekor qilinishi mumkin
Amaldagi tartibga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kirish uchun yuridik shaxslar bugungi kunda ariza bilan birga litsenziyani ham taqdim qiladi. Ammo endilikda mazkur reyestrga kirish to‘g‘risida faqat ariza taqdim qilishning o‘zi kifoya bo‘lishi mumkin.