IT-maslahat. «Windows»da USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash usullari
Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p «axlat» to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimning qotib ishlashiga olib keladi.
USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
Bilasizmi, bitta ehtiyotsizlik ana shu beminnat dastyorimizning boshiga yetishi mumkin. Qanday qilib?