«Alibaba» guruhi bosh maslahatchisi: «O‘zbekistonda kechayotgan holatni Xitoy o‘z boshidan o‘tkazgan» (video)
Hozirda «Alibaba» platformasidan 600 million foydalanuvchi foydalanadi. Dunyo bo‘yicha kompaniyaning mobil to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha 1 milliard mijozi bor. Kompaniya faoliyatida logistika birinchi o‘rinda tursa-da, ayni paytda platformada sport, sog‘liqni saqlash va kiyim-kechak yetkazib berish singari yo‘nalishlar ham ustuvor hisoblanadi.